BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARI
“Boshqaruv texnologiyalari” fani – talabalarga boshqaruv mohiyati, maqsad, vazifalari, jarayonlari, funksiyalari, yо‘nalishlari, uslublari , boshqaruvning nazariy asoslari, xorijiy modellari, ilmiy muassasalari, boshqaruv faoliyatining jahon tajribalari, tizimdagi samaradorlik, О‘zbekistonda menejment, soha taraqqiyoti yо‘lidagi zamonaviy islohotlar haqida tushuncha beradi. Yangilanayotgan О‘zbekistonning davlat siyosati ustuvor yо‘nalishlaridan biri hisoblanmish oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar, xorij tajribalari asosida ta’limni tashkil etish, bu borada birinchi navbatda о‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish yozilgan о‘quv qо‘llanmaning asosini tashkil etadi. Mazkur fan talabalarga boshqaruv texnologiyalarining ajralmas qismi hisoblanmish rejalashtirish, tashkillashtirish, motivatsiya, nazorat, tо‘g‘ri va aniq qarorlar qabul qilish, boshqaruvning yangi, kreativ jihatlarini egallash borasida tushuncha beradi.
- Nashriyot
- Toshkent
- Yil
- 2019
- Sahifalar
- 152
- Fond bo'limi
- -
- Nashr turi
- -
- Bo`lim
- -
- P.S.
- -
- Mamlakat
- -
- Kutubxona
- -