ARAB TILI LEKSIKOLOGIYASI
Mazkur o‘quv qo‘llanma arab tili leksikologiyasining nazariy va amaliy masalalarini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda leksikologiya fanining predmeti, vazifalari va boshqa tilshunoslik fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi keng tahlil qilingan. Qo‘llanmada arab tilining lug‘at tarkibi, so‘zning leksik-semantik xususiyatlari, semasiologiya va onomasiologiya, sinonimiya, omonimiya, polisemiya, terminologiya hamda leksikografiyaga oid muhim nazariy qarashlar tizimli ravishda bayon etilgan. Shuningdek, arab tilining o‘ziga xos uch undoshli o‘zak tizimi, so‘z yasash mexanizmlari, hosila so‘zlarning semantik imkoniyatlari, lug‘at boyligining shakllanish bosqichlari, o‘zlashma qatlamlar va zamonaviy leksik jarayonlar ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Arab leksikologiyasining shakllanish va rivojlanishida muhim o‘rin tutgan klassik tilshunos olimlarning ilmiy merosi ham tahlil qilingan. O‘quv qo‘llanma nazariy ma’lumotlar bilan bir qatorda amaliy mashqlar, nazorat savollari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini ham o‘z ichiga olgan bo‘lib, talabalarning tahliliy fikrlash, ilmiy mushohada yuritish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur nashr arab tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar, arab tili o‘qituvchilari hamda arabshunoslik sohasi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
- Nashriyot
- Zamon poligraf
- Yil
- 2026
- Sahifalar
- 150
- Fond bo'limi
- -
- Nashr turi
- o'quv qo'llanma
- Bo`lim
- -
- P.S.
- -
- Mamlakat
- -
- Kutubxona
- УзХИА