Kirish
ARAB TILI DARSLARIDA NOAN’ANAVIY USULLAR
uslubiy qo'llanma · UZ

ARAB TILI DARSLARIDA NOAN’ANAVIY USULLAR

Mazkur qo‘llanma ta’lim-tarbiya tizimidagi hozirgi eng dolzarb hisoblangan – o‘quvchilarga fan asoslarini o‘rgatishda yangi texnologiya imkoniyatlaridan foydalanish mavzusiga bag‘ishlangan. Kitob mualliflari o‘zlarining ko‘p yillik orttirgan pedagogik tajribalari asosida hamda yangi texnologik usul va uslublarni o‘rganib, hozirgacha hech kim qo‘l urmagan “Arab tili darslarida noan’anaviy usullar” mavzusini yoritishga jazm etdilar. Kitobda nazariy qoidalar amaliy mashg‘ulotlar bilan berilgan. Bu yerda o‘qitishning yangi va qiziqarli usullaridan biri – o‘yin darslariga alohida o‘rin ajratilgan. Umumta’lim maktablari va institutlarda o‘qitilayotgan arab tili darsi jarayonida yangi texnologik uslublardan foydalanish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar bo‘lmaganligi sababli biroz qiyinchiliklar tug‘ilmoqda. Mazkur qo‘llanmaning yaratilishi ana shu masalalarni biroz bo‘lsa-da hal etish yo‘lida qo‘yilgan ilk qadamdir. Bu qo‘llanmaga maktablarda va institutlarda arab tilidan dars berayotgan o‘qituvchilar, shuningdek, o‘quvchi va talabalarda ehtiyoj borligi uchun mazkur qo‘llanma ularga mo‘ljallab nashr etildi.

Dilshod Aliev Mahbuba Tojiboyeva 0.00 3 0 1 mavjud
PDF / onlayn kitob Jismoniy kitob
Nashriyot
TOSHKENT
Yil
2009
Sahifalar
135
Fond bo'limi
4.Тилшунослик
Nashr turi
uslubiy qo'llanma
Bo`lim
4
P.S.
A-15
Mamlakat
-
Kutubxona
UzXIA
Kitobni baholang 0.00 / 5 · 0 baholar
Baholash uchun kiring

O'xshash kitoblar