AMALIY GEOMETRIYA
Amaliy geometriya darsligi 5A110802 “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” mutaxassislik bo’yicha ta’lim oluvchi magistratura talabalari uchun yozilgan bo’lib, Nizomiy nomidagi TDPU-da 2000 –yildan beri o’qitilib va yillar davomida har tomonlama takomillashtirib kelingan dastur asosida yozilgan. Amaliy geometriya fani dasturida keyingi yillarda qator o’zgartirishlar kiritlgan bo’lib, ularda to’g’ri chiziq, tekislik, sirtlar, egri chiziqlarning berilishi, ularni to’g’ri burchakli proyeksiyalarda tasvirlanishi va geometric shakllarning aniqlovchi parametrlari bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar hozirgi zamon talablari asosida mos ravishda bayon etilgan. Amaliy geometriya geometrik shakllarni tasvirlashda analitik, proektiv va differensial va chizma geometriya fanlari qonun-qoidalariga asoslanib, ularni ayrim matematik ifodalar yordamida amaliy geometriya faniga amalga oshirib, ularni kompyuter grafikasini qo’llagan holda bajarish yo’llari keltirilgan. Darslikda geometrik shakllarning berilish vaziyatiga tegishli bo’lgan pozitison va metrik masalalar geometrik jihatdan yechib ko’rsatilishi va ularni muhandislik amaliyotida qo’llanilishi orqali misollari keltirilgan. Darslikda “Amaliy geometriya”ga tegishli bo’lgan tushunchalarni tushunish maqsadida lug’atlar o’zbek tili, rus tili va ingliz tillarida keltirilgan. Darslikdan OTMda chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlari o’qitiladigan o’quv yurtlari talabalari, aspirantlari va loyihalash institut xodimlari foydalanishlari ham mumkin.
- Nashriyot
- TOSHKENT
- Yil
- 2020
- Sahifalar
- 279
- Fond bo'limi
- -
- Nashr turi
- -
- Bo`lim
- -
- P.S.
- -
- Mamlakat
- -
- Kutubxona
- -