Kirish
ALISHER NAVOIY G‘AZALLARIGA SHARHLAR
Material · UZ

ALISHER NAVOIY G‘AZALLARIGA SHARHLAR

Ulug‘ Navoiyning har biri bir jahon ma’no, bir olam his to‘yg‘u ifoda qilguchi baytlarini takrortakror o‘qib har safar ko‘nglimiz surur va hayajon bilan to‘ladi, har safar bu olmos satrlarning yangi qirralarini kashf qilamiz, yangi-yangi ma’no tovlanishlarini ko‘rib hayratlanamiz. Navoiy baytlari bizning hayotimizga bolalikdan, dastlabki o‘qish kitoblari bilan kirib keladi. Biz ilk bor buyuk shoirni donishmand muallim sifatida taniymiz, «olim bo‘lsang, olam seniki» deb aytgan ustoz sifatida o‘rganamiz. So‘ng o‘smirlik, yigitlik faslida bizga Navoiy muhabbat, vafo darsini beradi. Yoniq ishqiy baytlarni yon daftarimizga ko‘chirib yozamiz, ilk sevgi maktublariga qo‘shib bitamiz. Vaqt o‘tishi bilan buyuk Alisher ko‘z oldimizda faylasuf sifatida namoyon bo‘ladi, bizga hayot darsini o‘rgatadi, uning sevinch va anduhlari, zavqu jafolarini so‘zlab dunyo haqidagi tasavvur doiramizni kengaytiradi.

Erkin Vohidov 0.00 5 0 0 mavjud
PDF / onlayn kitob
Nashriyot
-
Yil
-
Sahifalar
63
Fond bo'limi
-
Nashr turi
-
Bo`lim
-
P.S.
-
Mamlakat
-
Kutubxona
-
Kitobni baholang 0.00 / 5 · 0 baholar
Baholash uchun kiring

O'xshash kitoblar