Чтобы читать онлайн -
авторизуйтесь на сайте.
Заполните данные профиля.
Печатная книга
В библиотеке
(нет в наличии)
Для получения книги
авторизуйтесь на сайте
и выберите филиал для брони.
Оцените книгу
О книге
Ko‘p ming yillik davlatchilik tarixi, boy madaniyat va maʼnaviyatiga ega,
jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqi hayotida
mustaqillik davri tom maʼnoda maʼnaviy yangilanish jabhasini boshlab berdi.
O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlar, maʼnaviy yangilanishlar bois mamlakatimiz XXI asrda
milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon yo‘l oldi.
Globallashuv asri bo‘lmish – XXI asr, bir tomondan, umuminsoniy
qadriyatlarni oldingi o‘ringa chiqishi, intellektual salohiyat ijtimoiy hayot
mezonini belgilovchi darajaga aylanishi, informatsion texnologiyalar taraqqiy
etishi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, umumjahon miqyosidagi maʼnaviy
tahdidlar, “ommaviy madaniyat”ni keng xalq ommasi, ayniqsa, yoshlar ongiga
singdirish, taʼlim-tarbiya sohasida salbiy illatlarning ildiz otishiga sabab
bo‘layotgan asr hisoblanadi. Shu bois ham Prezident Sh.M.Mirziyoyev bu
masalaga global tarzda yondashib, o‘zining BMT Bosh Аssambleyasining 2017-yil
sentabrda bo‘lib o‘tgan 72-sessiyasidagi nutqida alohida to‘xtalib, o‘sib kelayotgan
avlodni, avvalo, maʼrifiy savodxonlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida urg‘u
berdi.